“Fransiya san’ati va muzeylari tarixi” mavzusida seminar o‘tkazildi...

Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti magistrlariga Fransiyaning Angulem universiteti tadqiqotchisi Eloiz Buatello “Fransiya san’ati va muzeylari tarixi” mavzusida seminar o‘tdi.
Eloiz Buatello SamDU va Angulem universitetlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ilmiy-akademik almashinuv dasturi doirasida Samarqand davlat universitetiga stajirovka o‘tash uchun kelgan. Tadqiqotchi san’atshunoslik va san’at tarixi yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi.
-Bu Samarqandga ilk tashrifim, - deydi Angulem universiteti tadqiqotchisi Eloiz Buatello, - SamDU va Angulem universitetlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ilmiy-akademik almashinuv doirasida ayni kunlarda Samarqand davlat universitetida tadqiqot olib boryapman. Bu yerda arxeologik tadqiqot jarayonlari, tarixiy muzeylardagi noyob eksponatlarni o‘rganish bilan bir qatorda ularni suratga olib “O‘zbekiston san’ati tarixi” mavzusida film yaratishni maqsad qilganman. Shu kunga qadar Samarqandda joylashgan barcha muzeylar bilan tanishib chiqdim. Meni eng qiziqtirgan muzey “Afrosiyob” - Samarqand shahar tarixi muzeyi bo‘ldi. Bugungi seminarda Samarqand davlat universiteti magistrlariga Fransiya muzeylari haqida ma’lumot berishga harakat qildim. O‘ylaymanki, Angulem universiteti va Samarqand davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari bundan keyin ham samarali davom etadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.