Samarqand davlat universitetiga Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi Anna Tisheskaya boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDU xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Muxtor Nosirov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad Samarqand viloyat hokimi va Rossiyaning Sankt- Peterburg shahri hokimi o’rtasida imzolangan kelishuvni amalga oshirishdir. Unga ko’ra SamDU bilan Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi hamkorligida Yevroosiyo tadqiqot analitik markazini tashkil etish rejalashtirilgan.

    Markaz faoliyatida tomonlarning professor-o’qituvchi va talabalari Yevroosiyo mintaqasidagi iqtisodiy, madaniy, ta’lim sohasidagi masalalarni tahlil qilib, fikr-mulohazalarini bildiradi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.