Bugun, 1 fevral kuni Samarqandda qanday ob-havo kuzatiladi?

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.