Bugun, 6-fevral kuni Samarqandda qanday ob-havo kutilmoqda?

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.