Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 17-20 daraja iliqqacha bo‘ladi.

    9-10 fevralda O‘zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq antitsiklon qismi kirib keladi.

    Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

    Havo harorati pasayadi. 9 fevralda respublika hududining katta qismida kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq, 10 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, -3 daraja iliq bo‘ladi. Respublika shimolida harorat kechasi 7-12 daraja sovuqqacha, Ustyurtda 15 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.

    7-9 fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.