Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qor yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrga yetadi. Harorat kechasi 1-7 daraja, kunduzi 1-5 daraja iliq bo‘ladi.

    Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-10 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.