Bugun, 11-fevral kuni Samarqandda qanday ob-havo kutilmoqda?

"Uzgidromet" xabariga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin.
Kechalari sovuq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 2-5 daraja iliqgacha, janubda 7-9 daraja iliqgacha isiydi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 9-10 fevral kunlari kuchli qor yog‘ib o‘tdi. Qor qoplamining balandligi ikki kecha-kunduzda 60-70 sm ga oshdi va 150 sm ga yetdi, bu me’yordan deyarli 2 barabor ko‘p.
Yangi yoqqan qor beqaror holatda, shuning uchun qor ko‘chish xavfi juda yuqori, deyiladi xabarda.