Bugun, 12-fevral kuni Samarqandda qanday ob-havo kuzatiladi?

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.