Bugun, 13-fevral kuni Samarqandda qanday ob-havo kutilmoqda?

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Shamol gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.