Bugun, 27-fevral kuni Samarqandda qanday ob-havo kuzatiladi?

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.