Bugun, 4-mart kuni Samarqandda qanday ob-havo kutilmoqda?

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 19-21 daraja issiq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.