Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetiga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, professor Nurmat Otabekov va akademik Bakriddin Zaripov tashrif buyurdi.
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/640eae1d18fc4-640eae1d18fc6-640eae1d18fc7-640eae1d18fc8.jpg)
Bundan asosiy maqsad SamDU biologiya fakulteti faoliyati bilan tanishish hamda talabalarga "COVID-19" mavzusi bo‘yicha ma’ruza qilishdir.
Tashrif so‘ngida Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Nurmat Otabekov va Bakriddin Zaripov bilan hamkorlik masalalarini kelishib oldi.