Samarqand davlat universitetida ijodiy uchrashuv tashkil etildi...
Samarqand davlat universitetida O’zbekiston hamda Belarus Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do’stlik” ordeni sohibi Ismat Ko’chiyevning 70 yilligiga bag’ishlab adabiy anjuman tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, O’zA direktori, senator, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Abdusaid Ko’chimov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi Salim Ashurov, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, “Zarafshon”, va “Самаркандскийвестник” gazetalari bosh muharriri Farmon Toshev, shoir Abdug’afur Mamatovlar ishtirok etdi.
Marosimda so’zga chiqqanlar shoirning hayoti va ijodiga alohida to’xtaldi. Uning she’rlaridan namunalar o’qildi.
Ismat Ko’chiyev o’zbek va rus tillarida ijod qiladi. Rus tilida “ШарафРашидов – победитель”, “ШарафРашидов – созидатель” kabi asarlarni yaratgan.
Uning ikki kitobi “Jannat rayhonlari” va “Ulug’lar chorbog’i” o’zbek tilida chop etilgan.
“Бабур. Сквозьвека” nomli she’riy kitobida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining jahon taraqqiyoti tarixidagi o‘rni borasida mulohaza yuritiladi.
Ismat Ko‘chiyevning ijodida ijtimoiy she’riyat alohida o‘rin tutadi. Uning “Пятшаговввечност” ("Abadiyatning besh dovoni”) va "Triumf Geydara Aliyeva" ("Haydar Aliyevning g‘alabasi") nomli dostonlari alohida kitob holida chop etilgan. "Abadiyatning besh dovoni" dostoni buyuk o‘zbek mutafakkir shoir Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag‘ishlangan.