Samarqand davlat universitetiga Indoneziyaning Muhammadiya universiteti “Fan xa texnika” assotsiatsiyasining delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori, professor Akmal Axatov uchrashuv o’tkazdi.

    Tashrifdan asosiy maqsad, tomonlar o’rtasida xalqaro hamkorlik memorandumini imzolash, professor-o’qituvchi va talabalarning akademik almashinuvni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokara olib borishdir. Shuningdek, hamkorlikda xalqaro grantlarga ega bo’lish, ilmiy maqola va PhD larni tayyorlash nazarda tutilgan.

    Delegatsiya vakillari SamDU dagi matematika, fizika, kimyo, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarning tadqiqotlariga katta qiziqish bildirib, bir qator kelishuvlarga erishdi.

    SamDU intektual tizimlar va kompyuter texnologiyalar fakulteti dekani, dotsent Abdusattor Boboyorov Surakarta shahridagi Muhammadiya universiteti Muhandislik fakulteti dekani Rois Fatoni, Magelang shahridagi Muhammadiya universiteti Muhandislik fakulteti dekani        Yun Arifatul Fatimax, Jakarta shahridagi Muhammadiya universiteti Muhandislik fakulteti dekani Irfan Purnavanlar bilan  hamkorlikda o’quv dasturlar, tadqiqot materiallari tayyorlash, seminar va xalqaro konferensiyalar tashkil etish bo’yicha kelishuvga erishdi.

    SamDU Muhandislik fizikasi instituti direktori Akmal Yormuhammedov Yogyarta shahridagi Muhammadiya universiteti Muhandislik fakulteti dekani Aris Vido Nugroxo bilan o’quv materiallari, professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvi bo’yicha rejalar tuzib oldi.

    SamDU kimyo fakulteti dekani, dotsent Sanjar Tillayev delegatsiya vakillari bilan hamkorlikda xalqaro loyihalar ishlab chiqish bo’yicha istiqbolli rejalarni kelishib oldi.

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat Akramov olgan suratlar.