SamDU o’qituvchisi Islom taraqqiyoti banki grantini qo‘lga kiritib, tadqiqotini Malayziyada davom ettirmoqda…
Samarqand davlat universiteti Agrobitexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti o’qituvchisi Sindor Pardayev Islom taraqqiyoti banki grantini qo‘lga kiritib, Malayziyaning Putra universitetida doktoranturani o‘tash uchun Selangur shahriga jo‘nab ketdi.
Sindor Pardayev Putra universitetida “Organik chiqindilardan kompost tayyorlash va ularni tuproq xossalariga taʼsiri” mavzusidagi dissertatsiya ishini amalga oshiradi. Tadqiqotchiga Putra universitetidan professor Latifah Abd Manaf va SamDU dan professor Shodi Xoliqulovlar rahbarlik qiladi.
Maʼlumot uchun, Malayziyaning Putra universiteti (University Putra Malaysia) jahon QS reytingida 123 o‘rinda, Malayziyadagi universitetlar reytingida 2-o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik yo‘nalishida jahonda 74- o‘rinda, Malayziyada esa 1-o‘rinda turadi. Universitet hududining umumiy maydoni 1200 gektar. Universitetda 16 fakultet, 9 institut, 16 markaz, 2 maktab va 1 akademiya mavjud.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.