Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi tayanch doktoranti Jaloliddin Fayzullayev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlarga stajirovkalarga yuborish” tanlovida gʻolib deb topildi.

    Doktorant ushbu grant dasturi asosida dunyoning top-300 universitetlar ro’yxatiga kiruvchi Germaniyaning Darmshtadt texnika universitetida ilmiy tadqiqotlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ldi.

    

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.