Bugun, 3-aprel kuni Samarqandda yogʻingarchilik kutilmoqda

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarda yomgʻir kuchli yogʻishi, doʻlga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrga yetadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir, doʻl yogʻadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.