“O‘zbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli”…
Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzudagi anjuman oʻtkazildi.
Tadbirda fakultet dekani, professor Azamat Pardayev, oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Ibodulla Mirzayev, SamDU boshlangʻich Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Shavkat Mahmatmurodov, oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, dotsent Shavkat Mahmadiyev va Umida Rashidovalar ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Anjumanda o’zbek tilining naqadar boyligi, sofligi e’tirof etildi. Inson goʻzalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu – tildir. Shu sabab onadek aziz oʻz ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir. Darhaqiqat, inson oʻz ona tilisi bilan uygʻayadi, kamolga yetadi. Mana shu til bilan unadi. Komillikning birinchi belgisi ham namoyon boʻladi. Zero, nutqning goʻzalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun oʻziga xos husndir, bu husn jamiyatning, millatning ko’rkidir…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.