Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida “Navoiy izdoshlari” ilmiy-adabiy to'garagining navbatdagi anjumani o’tkazildi…
Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasida an’anaga aylangan mazkur yig’ilish “Navoiyshunoslikning dolzarb muammolari”ga bag’ishlandi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, professor Muslihiddin Muhiddinov, mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri Isroil Sulaymonov, dotsentlar Nazmiya Muhiddinova, Sobirjon Tohirov, Dilfuza Toshniyozova, shoira Dilbar Vosiyeva, tadqiqotchi va talabalar ishtirok etdi.
Muslihiddin Muhiddinov “Navoiy izdoshlari” to’garagining tarixi va unda faoliyat olib borgan olimlar hamda “Navoiyshunoslikning dolzarb muammolari” haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, Muslihiddin Muhiddinovning o‘zbek va turk tillarida chop etilgan "Hikmatlarda olamcha ma’no" nomli kitob taqdimoti o’tkazildi. Olim bu kitobida Alisher Navoiy ijodi va uning ma’naviy-badiiy dunyosi masalalarini keng tadqiq etgan…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.