Samarqand davlat universiteti talabalari xalqaro olimpiadada g’olib bo’ldi…
2023-yil 23-27-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘istonda matematika fani bo‘yicha “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Mazkur olimpiadada 50 ga yaqin oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.
Quvonarlisi Samarqand davlat universitetining matematika fakulteti talabalari 2 oltin (Davlat Kamoliddinov va Abdulaziz Komilov) hamda 2 kumush medalni ( Bobomurod Abdurahmonov va Otabek Zaripov) qo‘lga kiritib, umumiy hisobda 1-o‘rinni egalladi.
G’oliblarni Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev hamda O’zbekiston Qahramoni, O‘zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Ayupovlar taqdirladi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.