Samarqand davlat universiteti Vengriyaning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytiradi…
Samarqand davlat universitetiga Vengriyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja tashrif buyurdi. Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashuv o’tkazdi.
Muloqot davomida fan, ta’lim, madaniy-ma’rifiy sohalarda hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Rasmiy uchrashuvdan so’ng SamDU ning professor-o’qituvchilari, tadqiqotchi, talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi. Savol-javob tarzida o’tkazilgan mazkur yig’ilishda Vengriyada o’qish, tadqiqot olib borish, xalqaro grant va stipendiyalarga ega bo’lish bo’yicha batafsil ma’lumot berildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat Akramov olgan suratlar.