Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining II Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi…
Adliya vazirligida o’tkazilgan mazkur anjumanda Samarqand davlat universiteti Patentlashtirish va innovatsion texnologiyalar transferi boshqarma boshlig’i, dotsent Xayrullo Haydarov va bo’lim boshlig’i Bunyod Eshtemirovlar ishtirok etdi.
Anjuman sessiyalari intellektual mulk huquqlarini boshqarish, tijoratlashtirish, markazlar va biznesning o‘zaro aloqalari, ixtirochilik sohasidagi startaplar va sohaning shu kabi boshqa qator dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.
Marosim davomida TIQQMlarning yillik faoliyati, amalga oshirgan ishlari hamda istiqbolli rejalari tahlil qilinib, muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.