O‘zbekiston-Turkiya taʼlim forumi…
Samarqand davlat universiteti Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Samarqandda Ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya taʼlim forumi o‘tkazildi. Xalqaro anjumanda Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol O‘zvar, Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Ege universiteti rektori Nejdet Budak, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunju va 40 dan ortiq Turkiya universiteti vakillari ishtirok etdi.
Anjumanning ochilish marosimda Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov maʼruza qildi.
Forum doirasida Rustam Xolmurodov Gazi universiteti rektori Musa Yildiz, Anqara Hoji Bayram Veli universiteti rektori Mehmet Nasi Bostansi, Marmara universiteti rektori Mustafa Kurt, Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti rektori Huseyin Dalgar, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunsular bilan hamkorlik memorandumini imzoladi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.