Samarqand davlat universitetida “Yoshlik” jurnali ijodkorlari bilan uchrashuv o’tkazildi...
Anjumanda mazkur jurnalning bosh muharriri Nurilla Chori, shoir Vafo Fayzulloh, SamDU filologiya fakulteti o’qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Tadbirni filologiya fakulteti dekani, professor Azamat Pardayev kirish so’zi bilan ochib, jurnal faoliyati haqida to’xtaldi.
Qizg’in bahs-munozaralar tarzda o’tgan uchrashuvda “Yoshlik” jurnali tarixi to’g’risida batafsil ma’lumot berildi. Samarqand davlat universitetining ijodkor talaba va bitiruvchilari faolligi alohida e’tirof etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.