Xalqaro hamkorlik
Fransiyaning Monpelliye univeristeti tarix-geografiya fanlari bo’limi boshlig‘i Vinsang Shalle Samarqand davlat universitetiga tashrifi doirasida tarix fakulteti va roman-german tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan uchrashdi. Muloqotda Monpelliye universitetida o’qish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, ilmiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalarida fikr almashdi. Arxeologiya muzeyida fransuz arxeologlari bilan qilingan ishlar va eksponatlar bilan tanishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.