Samarqand davlat universiteti Indoneziya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi…
Samarqand davlat universitetiga Indoneziya elchixonasining birinchi kotibi Synthia Christiani Saeh boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi.
Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, qo’shma magistratura ta’limi va xalqaro konferensiyalarni tashkil etish, ilmiy loyihalar ishlash va hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.