Bugun, 1-dekabr kuni Samarqandda qanday ob-havo kutilmoqda?
Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 6-8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 7-12 daraja iliq bo‘ladi.