Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni keng nishonlandi…
Bayram tadbiri Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishuvdan boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda mehmonlarni bayram bilan tabrikladi.
Bayram tantanalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan 61 nafar professor-o‘qituvchi hamda xodimlarga pul mukofotlari va universitet Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari berilganligi eʼlon qilindi.
Konstitutsiya bayrami pedagogika taʼlimi fakulteti o‘qituvchi va talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.