Amaliy ishlar davri: Samarqand davlat universiteti va Xitoyning Lyaonin universiteti hamkorligi
Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Xitoyning Lyaonin universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi.
Mazkur shartnoma baholash tizimini raqamlashtirish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, sun’iy tafakkur, axborot tizimlari, o‘quv jarayoni, inson resurslarini boshqarish sohalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida kadrlar tayyorlash kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, yozgi maktablar tashkil qilish, talaba va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvini yo‘lga qo’yish, hammualliflikda ilmiy uslubiy ishlarni nashr etish, ilmiy tadqiqotlar olib borishni nazarda tutadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.