Fanimiz fidoyilari: Professor Hotam Umurov
Hotam Umurov – Samarqand davlat universiteti Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi.
Olim faoliyati davomida 9 darslik, 12 oʻquv qoʻllanma, 35 oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 13 monografiya, 12 risola, 5 jildlik saylanma va 500 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Shuningdek, 2 maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda e’lon qilingan.
Hotam Umurov ilmiy rahbarligida 6 fan doktorlik va 14 fan nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Hotam Umurovning ilmiy faoliyatida o‘zbek adabiyotida psixologizm muammosini, xususan, o‘zbek romanlarida psixologizm masalasini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.