Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutidagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi…
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida bo‘ldi.
Yangi qurilgan, zamonaviy 400 o‘ringa ega talabalar turar-joyi bilan tanishdi. Qurilayotgan kutubxona, zamonaviy urug‘chilik laboratoriyasi, yangi o‘quv binolari, institut kampusini ko‘kalamzorlashtirish loyihalarini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga yotoqxona va agrobiotexnologiyalar transferi ilmiy tadqiqot laboratoriyasi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.