Samarqand davlat universiteti professor-o’qituvchilari, tadqiqotchi va talabalar Germaniyada stajirovka o’tamoqda…
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti professor-o'qituvchilari, tadqiqotchi va talabalar DAAD (Germaniya akademik almashuv xizmati) ning "Yevropa istiqbollari dialogda: Markaziy Osiyo va G’arb tadqiqotlari" xalqaro granti doirasida Germaniyaning Gyottingen universiteda bo'lib turibdi.
Mazkur xalqaro loyiha davomida talabalarimiz Gyottingen universitetida olib borilayotgan Markaziy Osiyo tarixiga oid orientalizm, G'arbda yaratilgan turli sayohatnoma va ilmiy tadqiqotlarga bag'ishlangan kurslarda faol ishtirok etmoqda.
SamDU vakillari germaniyalik talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish bilan bir qatorda zamonaviy ilmiy tadqiqot usullarini chuqur o'rganmoqda.
Ilmiy stajirovka davom etmoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.