Bugun Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi  professori Yevgeniy Malinovskiyning tug‘ilgan kuni.

    Filologiya fanlari doktori Yevgeniy Malinovskiy 1938-yil Buxoro viloyati Kogon tumanida tug‘ilgan. 86 yoshni qarshi olgan olim 63 yildan buyon  Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.