Xalqaro konferensiya o'tkaziladi...
2024-yil 17-18-may kunlari Samarqand davlat universitetida “Аntropogen landshaftshunoslik: tadqiqot metodlari, modernizatsiya va barqaror rivojlanish” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo'lib o'tadi.
Nufuzli anjumanda Hindiston, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belorussiya kabi davlatlardan 50 ga yaqin olimlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferensiyaning maqsadi mamlakatimiz va boshqa xorijiy davlatlarda olib borilayotgan antropogen landshaftshunoslik tadqiqotlarning nazariyasi, tajribalari, dolzarb muammolari va istiqbolli yoʼnalishlarini muhokama qilishdan iborat. Shuningdek, iqtidorli yosh olimlarni antropogan landshaftshunoslikning istiqbolli ilmiy yo‘nalishlariga jalb qilish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Anjuman ishtirokchilari antropogen landshaftshunoslik tadqiqotlarda GIS texnologiyalari va innovatsiyalarni qo‘llash, antropogen landshaftlarni tadqiq etishda zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy geografik tadqiqotlar, atrof-muhit monitoringi, landshaftlar ekologiyasi, global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan foydalanish kabi muammolarni yechimiga bag‘ishlangan mavzularda ma’ruzalar qilishi rejalashtirilgan.