Bugun Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi professori Xidir Botirovning tug’ilgan kuni.

    Qishloq xo’jaligi fanlari doktori Xidir Botirov 1945-yilda tug’ilgan. 79 yoshni qarshi olgan olim 55 yildan buyon samarali mehnat qilib kelmoqda. 

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini bugungi qutlug’ sana munosabati bilan muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, xotirjamlik tilaydi.