Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Botirxon Valixo‘jayevning uch jildli “Tanlangan asarlari”  taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
Marosimda Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi, Rustam Xolmurodov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Gʻayrat Majid, “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri Farmon Toshev, taniqli yozuvchi Orziqul Ergashev hamda akademik Botir Valixo‘jayevning oila a’zolari va yaqinlari ishtirok etdi. 

    Uch jildli “Tanlangan asarlar” to‘plami O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida  “Zilol buloq” nashriyotida chop etilgan. 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati