Samarqand shahridagi kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14-maktabda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi...

Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Katta hayot ostonasida turgan yoshlarning keyingi o‘qish va ishlariga omad tiladi. Shundan so‘ng o‘quv yilini a’lo baholarga tugatgan o‘quvchilar taqdirlandi.