Agrar sohada yetuk mutaxassis bo‘lish orzusidagi o‘quvchi-yoshlar diqqatiga!
Qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi? Unda marhamat, Sizni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tarkibida yangi tashkil etilgan “Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi” institutiga o‘qishga taklif etamiz!
Institutda joriy o‘quv yili uchun quyidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi:
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari |
Jami |
Grant |
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik |
15 |
15 |
O’simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo’yicha) |
15 |
15 |
Qishloq xo’jaligi ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi (ekin turlari bo’yicha) |
5 |
5 |
Zooinjeneriya: baliqchilik |
5 |
5 |
Mevachilik va uzumchilik |
10 |
10 |
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik |
10 |
10 |
Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yurtish |
10 |
10 |
Dorivor o’simliklarini yetishtirish va qayta ishlash |
5 |
5 |
Magistratura mutaxassisliklari |
Jami |
Grant |
Eksperimental agrokimyo |
6 |
6 |
Agrokimyo |
6 |
6 |
Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi |
6 |
6 |
O’simliklar himoyasi (usullari bo’yicha) |
6 |
6 |
Subtropik va sitrus meva ekinlari |
6 |
6 |
Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash |
6 |
6 |
Meva va sabzavotchilikda biotexnologiya |
6 |
6 |
Sabzavotchilik va polizchilik |
6 |
6 |
Kartoshkachilik |
6 |
6 |
Himoyalangan yer meva sabzavotchiligi |
6 |
6 |
Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi |
6 |
6 |
Institutning o‘quv jarayonlarini zamon talablari va standartlariga mos ravishda tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy universitetlar bilan yaqindan hamkorlik olib boriladi.
Institutning xorijiy hamkorlari Italiyaning Bolonya universiteti, AQSH ning Nevada universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, Rossiyaning Belgorod universiteti.
Izlanuvchan, bilimli va xorijiy tillarni mukammal egallagan talabalar tanlov asosida yuqorida qayd etilgan nufuzli universitetlarda yozgi amaliyot maktablarini o‘tash va taʼlimning keyingi bosqichlarida magistratura hamda doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
O‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlash maqsadida qishloq xo‘jalik kooperatsiyalari va agrosanoat klasterlari bilan doimiy hamkorlik o‘rnatiladi.
Yuqoridagi yo‘nalishlarga hujjat topshirish saytida 2022 yilning 20 iyuliga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +998 94 489 54 57