I.60711200-Elektronika va asbobsozlik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

    60711200-Elektronika va asbobsozlik  bakalavriat ta’lim yo‘nalishi - fan, ishlab chiqarish, elektronika sanoati mahsulotlari, qurilmalarini ishlab chiqarish, asboblarini tayyorlashning yangi texnologiyalarini yaratish, elektron asboblar va qurilmalarni loyihalash, tadbiq etish, soha istiqbolini belgilash, texnik servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonlarini tashkillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq kompleks  masalalar majmuasini qamrab oladi.

    60711200-Elektronika va asbobsozlik  bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyatlarining obyektlari:

- elektronika sanoatida qo‘llaniladigan xomashyo materiallar va mahsulotlarni tayyorlash va ishlatish;

- elektron texnika mahsulotlarini sifatini yaxshilash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va jarayonlarini loyihalash;

- ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini texnikaviy ta’minlash vositalari;

- professonal ta’lim muassasalarida pedagogik qayta tayyorlov orqali umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish; 

    60711200-Elektronika va asbobsozlik  bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyatlarining turlari:

  • Muhandislik-qidiruv va loyihaviy-konstruktorlik faoliyati;
  • ishlab chiqarish-texnologik faoliyati;
  • foydalanish va servis xizmati faoliyati;
  • ilmiy-tadqiqot faoliyati;

 

    II. 60711600-Intellektual muhandislik tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

    60711600-Intellektual muhandislik tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi - fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, sanoat ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan muhandislik tizimlari, korxonalardagi texnologik jarayonlarni boshqarishni  intellektuallashtirish va avtomatlashtirish, intellektual muhandislik tizimlarini loyihalash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni diagnostika qilish, sinash va ekspluatatsiya qilish hamda ularda qo‘llaniladigan axborot dasturiy vositalardan samarali foydalanish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

    60711600- Intellektual muhandislik tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat obyektlari:

- davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar;

- ishlab chiqarish sohalarida boshqarish jarayonlarini intellektuallashga oid muammolar, intellektual muhandislik tizimlariga tegishli dasturlar, ularning matematik, axborot va algoritmik-dasturiy ta’minoti, ishlab chiqarishning intellektual muhandislik tizimlari;

- sanoat ishlab chiqarishida axborotni qayta ishlash, intellektuallashtirilgan tizimlarning dasturiy ta’minoti;

- dasturiy mahsulotlar va hisoblash texnikasini apparat vositalarini ishlab chiqarishga joriy etish va foydalanishning samarali jarayonlari;

- intellektual muhandislik tizimlari va texnologiyalarining texnik va dasturiy vostalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tadbiq qilish jarayonlari;

- ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini texnikaviy ta’minlash vositalari;

- professonal ta’lim muassasalarida pedagogik qayta tayyorlov orqali umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish; 

    60711600- Intellektual muhandislik tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyatlarining turlari:

  • loyiha-konstruktorlik faoliyati;
  • ishlab chiqarish-texnologik;
  • yig‘ish-sozlash ishlari;
  • foydalanish va servis xizmati ko‘rsatish;
  • tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
  • ilmiy-tadqiqot faoliyati;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassalarida pedagogik faoliyat;

    III. 60712000-Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

    60712000-Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan, texnika va ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u o‘quv fanlari, vositalari, uslublari va pedagogik faoliyatning usullarini hamda elektronika va elektron sanoati qurilmalari, asboblarini tayyorlashning yangi texnologiyalarini yaratish, tadbiq etish, soha istiqbolini belgilash, texnik servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonlarini tashkillashtirish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq kompleks jarayonlar majmuasini pedagogik faoliyatda foydalanishni o‘z ichiga oladi.

    60712000-Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’yektlari:

- Elektron qurilmalar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish;

- Elektron qurilmalar va asboblar jihozlari va konstruksiyalari;

- Elektron qurilmalar va asboblar jihozlari va konstruksiyalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda foydalanadigan usullar, texnologik majmualar va avtomatlashtirish tizimlari;

- Elektron qurilmalarni ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va sozlash hamda ularga texnikaviy servis ko‘rsatish tizimlari, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash vositalari;

- kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni;

    60712000-Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi ta’lim yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:

  • o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida pedagogik;
  • ishlab chiqrish – qidiruv va loyiha – konstruktorlik;
  • ishlab chiqarish – texnologik;
  • tashkiliy – boshqaruv;
  • ilmiy – tadqiqot;
  • foydalanish – servis;

IV. 60720800 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish

    60720800 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish – “Ishlab chiqarish texnologiyasi” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish va ulardan foydalanishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarini ishlab chiqarish va amalga oshirish bilan bog‘liq kompleks masalalar bilan bo‘lgan kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

    60720800 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalish bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining obyektlari:

- davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar;

- mashinasozlik ishlab chiqarish texnologik jihozlari va ularning konstruksiyalari;

- mashinasozlik ishlab chiqarish texnologik jihozlari uchun asbob va uskunalar;

- mashinasozlik ishlab chiqarish avtomatlashtirishning texnologik majmualari va avtomatlashtirish tizimlari;

- ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini texnikaviy ta’minlash vositalari, kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni.

    60720800 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalish bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining turlari:

  • muhandislik – qidiruv va loyiha – konstruktorlik faoliyati;
  • ishlab chiqarish – texnologik faoliyati;
  • tashkiliy – boshqaruv faoliyati;
  • ilmiy – tadqiqot faoliyati;
  • foydalanish – servis faoliyati;

    V. 60531200-Tibbiyot fizikasi ta’lim yo‘nalishi

    60531200-Tibbiyot fizikasi ta’lim yo‘nalishi -fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, diagnostika va davolash markazlari, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassalarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

    60531200 - Tibbiyot fizikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat obyektlari:

- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari;

- diagnostika va davolash markazlari;

- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari;

-ommaviy axborot vositalari;

- davlat boshqaruvi organlari;

-ishlab chiqarish korxonalari;

-tibbiyot texnikasi;

    60531200-Tibbiyot fizikasi  bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi va turli mulkchilik shaklidagi tibbiyot muassalarida muhandis, texnik lavozimida faoliyat ko‘rsatish;

-tibbiyotda diagnostika va davolash uchun qo‘llaniladigan asboblar ishlab chiqarish, ta’mirlash korxonalarida muhandis, texnolog lavozimida ishlash;

- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida fizika, matematika fanlaridan dars berish;

- ta’lim tizimida kabinet mudiri, metodist, muhandis, katta laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;

 - tabiiy yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash;

- turli tadbirkorlik subyektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassalarda  ishlash;

-ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;

-dasturiy ta’minot, axborot-kommunikasiya texnologiyasi sohasida mutaxassis bo‘lib ishlash;

    60531200-Tibbiyot fizikasi  bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyatlarining turlari:

  • ilmiy-tadqiqot;
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • ishlab chiqarish va  xizmati ko‘rsatish sohasi;
  • pedagogik (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida)

    VI. 60531000-Mexanika va matematik modellashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

    60531000-Mexanika va matematik modellashtirish ta’lim yo‘nalishi -fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va  tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassalarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

    60531000-Mexanika va matematik modellashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyatlarining ob’yektlari:

- Mexanik jarayonlarning matematik modellari;

-konstruksion materiallar mexanik xossalarini aniqlashda sinov tajriba o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus asbob-uskunalar;

-umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni.

    60531000-Mexanika va matematik modellashtirish bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi.

- mexanik jarayonlarini matematik modellarini yaratish, tahlil qilish va optimallashtirish;

- muhandislik masalalarining matematik ta’minotini ishlab chiqish, algoritmlarni qurish, yechimlarni olish va ularni mexanik nuqtai nazardan tahlil qilish;

- kompyuter texnologiyalari va dasturlash yordamida turli mexanik masalalarni yechish:

Shuningdek, bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tugatgandan so‘ng umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida sohaga oid fanlarni o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.

    60531000-Mexanika va matematik modellashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyatlarining turlari:

  • ilmiy-tadqiqot;
  • loyiha texnologik;
  • servis xizmati ko‘rsatish;
  • ishlab chiqarish-texnologik;
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • pedagogik .