Samarqand davlat universitetida magistratura bosqichida tahsil olayotgan va joriy o‘quv 2022-2023-yil uchun tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga!
“Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g’risidagi nizom”ning 5-bandiga binoan talabgorlar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt to‘liq summasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag’lar hisobidan qoplab berishi belgilangan.
Shu sababdan Samarqand davlat universitetida tahsil olayotgan va joriy o‘quv 2022-2023-yil uchun tavsiya etilgan magsitrant xotin-qizlar universitet rektori nomiga o‘quv yilining 15-sentyabriga qadar ariza bilan murojaat etishi lozim. Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Arizalar Samarqand davlat universitetining Magistratura bo‘limida qabul qilinadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.