“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovlarini e’lon qiladi!
Xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish istagini bildirganlar diqqatiga!
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining 500 o‘ringa mo‘ljallangan xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada tahsil olish bo‘yicha 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovlari e’lon qilindi.
Mazkur tanlovlarning saralash bosqichlari joriy yil 1-maydan 1-iyunga qadar davom etadi.
Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar Jamgʻarmaning quyidagi onlayn hujjat topshirish platformasida mavjud: