Tanlovda Samarqand davlat universiteti talabalari va universitetga biriktirilgan mahalla yoshlari ishtirok etdi.  Ishtirokchilar nizomda belgilangan shartlarga muvofiq  sevib o‘qigan va hayotini o‘zgartirgan bitta asarni tanlab olib, mazmun-mohiyati va g‘oyasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

    Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rin “Bog‘isaroy” MFYdan ishtirok etgan kitobxon Mashhura Kamolovaga, 2-oʻrin yuridik fakulteti talabasi Bahodir Eshqulovga, 3-o‘rin maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Mohinur Isomiddinovaga nasib etdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.