Samarqand davlat universiteti va Finlandiyaning Seinajoki amaliy fanlar universitetlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov va Seinajoki amaliy fanlar universiteti rektori Yakko Xallila ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, muzokaralar natijasida belgilab olingan rejalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida hamkorlik memorandumini imzoladi.
Shuningdek, ijobiy munosabatlar o‘rnatilganining ramzi sifatida esdalik sovg‘alari almashildi.
Samarqand davlat universiteti
Axorot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.