Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabining ikki nafar o‘quvchisi faxrli 2-3 o‘rinlarni egalladi…

    Samarqand davlat universitetida Yoshlar festivali doirasida Samarqand viloyati hokimi olimpiadasi o‘tkazildi.

    Bu yil ikkinchi marta tashkil etilgan, mazkur nufuzli tanlovda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan 6 nafar o‘quvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

    Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 17-maktabning o‘ninchi sinf o‘quvchilari Zuhra Saidahmadova ona tili adabiyot fanidan 3-o‘rinni,  Dilshod Yorqulov geografiya fanidan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

    G‘olib o‘quvchilarga Samarqand viloyati hokimining esdalik sovg‘alari va diplomlari topshirildi.

    -Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu olimpiadaning yildan-yilga nufuzi ortib bormoqda,-deydi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabi direktori, Xalq taʼlimi aʼlochisi Haqiqat Hamroyeva. - O‘quvchilarimiz viloyat hokimi olimpiadasida qatnashib, o‘rin olishni o‘zlariga sharaf, deb hisoblaydi. Ota-onalarimizning quvonchi ham cheksiz. Shu o‘rinda Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodovga va universitet professor-o‘qituvchilariga ham minnatdorlik bildirmoqchiman. Olimpiada juda yaxshi tashkil etilgan. Eng muhimi shaffof o‘tdi…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan surat.