Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida pedagog xodimlar bilan tashkil etilgan qonun loyihasi muhokamasi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo'shimchalar bo'yicha muhokama tarzida davom etmoqda.

Davra suhbatida Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti dekani Rahmatilla Mirzayev so'zga chiqib, Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritishning asosiy sabablari haqida atroflicha ma'lumot berdi.
"Konstitutsiyaga kiritilayotgan hech bir o‘zgarish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Qonun loyihasi ortida fuqarolarning 70 mingga yaqin taklif va murojaatlari turibdi"