Bugungi kunda neft va gaz muhim kimyoviy xomashyo bo‘lib, hozirgi zamon sanoati va energetikasining barcha tarmoqlarida neft va gaz mahsulotlaridan eng ko‘p miqdorda foydalaniladi. Neft yo‘ldosh gazlaridan oqilona foydalanish zarurati neft qazib oluvchi qurilmalarda ularning juda ko‘p miqdorda yoqib yuborilishi bilan bog‘liq. Yo‘qotishlar asosan kichik va o‘rta masofadagi uzoq muddatli konlar hisobiga yuzaga kelmoqda, ularning ulushi so‘nggi paytlarda sezilarli darajada oshmoqda. Shu jumladan, mash’alada dunyo bo‘yicha 170 mlrd. m3 dan ko‘p gaz atmosferaga chiqarib yuborilmoqda hamda ekologiyaga katta zarar keltirilmoqda. Bir yilda O‘zbekiston Respublikasi konlaridan atmosferaga chiqariladigan gazlar umumiy qazib olinadigan ko‘rsatgichga nisbatan 3% ni tashkil qilsa-da, bu katta boylik demakdir. Hozirgi vaqtda neft yo‘ldosh gazlaridan unumli foydalanish uchun neft xomashyosi qazib olinadigan joylarda gazni qayta ishlash inshootlarini barpo etish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu esa katalizatorlar ishtirokida neft yo‘ldosh gazlaridan  aromatik uglevodorodlarni olish imkonini beradi.     Aromatik uglevodorodlar (ArU)-organik sintezda muhim boshlang‘ich xomashyo hisoblanadi. Aromatik uglevodorodlar asosida sintetik tolalar, plastmassalar, farmatsevtik va qishloq xo‘jaligi preparatlari, bo‘yoqlar, turli xil kauchuklar va boshqa mahsulotlar olinadi. Organik sintezda benzol, toluol, etilbenzol va ksilollardan ko‘proq foydalaniladi. Hozirgi vaqtda aromatik uglevodorodlar neft suyuq uglevodorodlarini kreking va piroliz qilib olinmoqda. Ammo neft zahiralari ham cheklanganligi hisobga olsak, neftni muqobil xomashyo manbalariga almashtirish muhim masala sifatida kun tartibiga chiqmoqda. Bunday muqobil xomashyo zahiralari tabiiy gaz, neft yo‘ldosh gazlari va biogazlardir. Neft yo‘ldosh gazlarining katalitik o‘zgarishlari va ulardan aromatik uglevodorodlar, olefinlar va yuqori molekular alkanlar olish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ko‘plab olimlar ilmiy-tadqiqotlar olib borganlar. Ular tomonidan neft yo‘ldosh gazlaridagi yengil parafinlarni qimmatbaho suyuq mahsulotlarga aylantirish,  aromatlash reaksiyalari uchun katalizator yaratish va jarayonning texnologiyalari; seolitli katalizatorlar ishtirokida aromatik uglevodorodlar olish; u yoki bu mahsulotlar hosil bo‘lishi selektivligining seolitlar tuzilishi, tarkibi va ularning kislotalik xossalari, katalizatorlarni oldindan tayyorlash sharoitlari va gazsimon uglevodorodlarni konversiyalash  jarayoni sharoitlariga bog‘liqligi  o‘rganib chiqilgan.  Neft yo‘ldosh gazlarini katalitik aromatlash jarayoni bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilganligiga qaramasdan, yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan, barqarorligi yuqori, turg‘un, mustahkam, arzon va faol, kokslanishni kamaytiradigan katalizatorlar yaratilmagan. Men olib borayotgan ilmiy–tadqiqotimda, asosan, propan butandan aromatik uglevodorodlar olish hisoblanadi. Izlanishlarim davomida 2022-yilning o‘zida Zamonaviy fan muommolari va istiqbollari bo‘yicha 1-xalqaro konferinsiyaga (ATP Conf.Proc) 1-ta maqola hamda “Eurasian Journal of Engineering and Technology” va Polish science journal “International science journal” lariga maqolalar chiqardim. Ilmiy yangilik qilishda sizga beminnat yordam qo‘lini uzatayotgan va ilmiy tadqiqotchilarni qo‘llab quvvatlayotgan rektorimiz, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning yordami bilan kimyo fakultetiga SORBI-M qattiq moddalarning g‘ovaklik sig‘imini o‘lchaydigan “Rigaku” энергодисперсионный рентгено-флуоресиентный analizator EDXRF va Газовый хроматограф priborlar keltirildi. Bu priborlarni fakultetimizning professor o‘qituvchilari Xurshid Toshpo‘latov, Sanjar Tillayev va Bahriddin Shukurovlarning yaqindan va beg‘araz yordami bilan ilmiy ishlarimizning tajriba qismlarini olib borayapmiz. “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJ muhandis-xodimlari va SamDU professor-o‘kituvchilari, katta ilmiy-xodim izlanuvchilari, magistrlari va talabalarining ishlab chikarish injener-texnik xodimlari bilan birgalikda tajriba-tadkikot bazasini yaratish, tajriba o‘tkazish va ishlab chikarish laboratoriyasini joryi etish yuzasidan ustozimiz. texnika fanlari doktori, professor Normurot Fayzullaev ham ko‘plab tashabbuslarni ilgari surdilar. “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJda kafedramizning yosh ilmiy tadqiqotchi, doktoranlari ustozimiz boshchiligida ilmiy tajribalar olib boryapti. Bu fan bilan amaliyotning hamohang tarzda olib borilayotganligidan dalolatdir, deb bemalol ayta olaman.

 

Shamsiddin Xolliyev,

Samarqand davlat universiteti doktoranti.