Bugungi kunda ko‘chalar, xiyobonlar, jamoat dam olish maskanlarida faqat manzarali daraxt va o‘simliklar ekiladi. Jamoat joylariga ekiladigan manzarali o‘simliklar sog‘lomlashtiruvchi va himoya qiluvchi xususiyatlarga ega. O‘ziga xos tarzda mikroiqlim yaratadi, ifloslantiruvchi moddalarni o’zlashtirib, havoni changlardan tozalaydi. Turar-joylarni shovqindan himoya qilishning muhim vositasi hisoblanadi, ba’zi o’simliklar patogenlarning rivojlanishini to’xtatadigan fitonsit xususiyatiga ham ega.

    Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti magistri Nilufar Abdurashidova “Samarqand shahrining manzarali daraxtlari va ularning fenologiyasi va gul changlarining tasnifi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Uning tadqiqoti Samarqand shahri sharoitidagi manzarali o‘simliklar, ularning atrof-muhit estetik tarkibiy qismi sifatidagi ahamiyati, genetik holati, fenologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.

    Biroq shahar ekotizimlarining sanitariya-gigiyenik holatini shakllantirishda o’simliklar ham salbiy rol o’ynaydi – ular tarkibida allergin turlari ham mavjud. Allergen sifatida daqraxtlar turning roli kata. Shahar aholisi orasida pollinos bilan kasallanish muammosi umumiy obodonlashtirish, manzarali daraxtlarning shamol bilan changlanadigan turlari va yashash joylarining siljishi tufayli allergenlarga sezgirlikning kuchayishi bilan og’irlashadi.

     – Hozirgi kunda atrof-muhitning ifloslanishi aholi salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda, - deydi Nilufar Abdurashidova. - Shu maqsadda butun dunyoda tabiiy atmosfera havosining tarkibini o‘rganish va monitoring qilish zarurligi aniqlanmoqda.  Ma’lumki, atmosferaning havo tarkibi turli xil changlardan biologik kimyoviy zarrachalardan tarkib topgan. Bularning hammasi inson salomatligi uchun juda katta ta’sir etuvchi omil sifatida qaralmoqda. Tadqiqotlarimiz Samarqand shahrida o‘stiriladigan manzarali o‘simliklarning fenologik xususiyatlari, ularning allergik kasalliklarni keltirib chiqaradigan turlari va xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Bu orqali insonning kundan-kunga oshib borayotgan tabiatga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirishga erishish asosiy maqsadimizdir.

 

Iroda Bekmurodova

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.