Bugun noyob tabiat hodisasi kuzatiladi

Bu kun to‘linoy Yerga nisbatan juda yaqin keladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ma’lum qildi.
Bu hodisaga xavaskor astronomlar “Superoy” deb nom berishgan, chunki yaqinroq bo‘lgani sabab oy kattaroq ko‘rinadi.
Gap shundaki, Oy va Yer orasidagi o‘rtacha masofa 384 ming kilometrni tashkil qiladi. Oy Yer atrofida ellips bo‘ylab harakatlanadi va 1 yilda 12-13 marta Yerga yaqinlashib-uzoqlashadi.
Eng qisqa masofa perigey deb nomlanadi va u 356 ming kmni, eng katta masofa esa apogey deyiladi va u 406 ming kilometrni tashkil qiladi.
Xar gal perigey paytida masofa har xil bo‘lib, bu safargi yaqinlashish 13-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:06 ga to‘g‘ri keladi va u 357 264 kilometrni tashkil qiladi. Bu 2022-yildagi eng qisqa masofadir.
Aytish lozim, bu paytda Oy bizning mintaqa uchun gorizontdan pastda bo‘ladi va u ko‘rinmaydi. Shundan 9 soat-u 32 daqiqa o‘tgandan keyin esa Oy to‘linoy fazasiga kiradi - uning 100 foiz sirti Quyosh nuri bilan yoritiladi.
Masofa nisbatan qisqa bo‘lgani uchun Oyning gagdishi boshqa to‘linoylarga nisbatan katta roq bo‘ladi. Bugun Oy kechki payt 20:07 da chiqadi va ertalab 3:51 gacha osmonda bo‘ladi. Tabiiyki o‘zining eng to‘liq fazasi - 23:38 da osmonda ancha balandda bo‘ladi va uni bemalol kuzatish mumkin.