Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti dotsentlari Ismoil Ergashev, Ra’no Toshquvvatova va katta o’qituvchi Roziya Eshquvvatovalarning tavallud topgan kuni.
Analitik kimyo kafedrasi dotsenti Ismoil Ergashev Paxtachi tumanida tug’ilgan. 67 yoshni qarshi olgan olim, 40 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Falsafa va milliy g’oya kafedrasi dotsenti Ra’no Toshquvvatova Samarqand shaharida tug’ilgan. 56 yoshni qarshi olgan olima 39 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Roman-german tillari kafedrasi katta o’qituvchisi Roziya Eshquvvatova Oqdaryo tumanida tug’ilgan. 56 yoshni qarshi olgan olima 40 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi