Farishtalar

Xonadoningizda keksa odam bormi? Baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to'yib ketsangiz, shularni ziyorat qiling: hayot abadiy emasligini o'ylab, taskin topasiz.
Xonadoningizda go'dak bormi? Siz ham baxtli ekansiz... Dunyo tashvishlaridan to'yib ketsangiz, go'dakni bag'ringizga bosing: hayot abadiy ekanini o'ylab, taskin topasiz...
O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidan bitiklar" asaridan